Ustoz Blog

Web Programmer, Designer, Blogger, Actor, Singer, Bigo Live Boshlovchi

Bosh sahifaga qaytish

Hozirgi vaqtda qaysi zamonaviy biznes va kasbni tanlasam kelajakda yutqazmaymiz ?

Zamona zayli shiddat bilan o‘zgarayotgan davrda yashayapmiz. Bugun bizni eng so‘nggi texnologiya ham hayratga solishi qiyin. Nima uchun bunday? Sababi bu olamda har lahzada o‘zgarish bo‘lyapti, hayron qolishga ulgurolmayapmiz.

Barcha sohalar avtomatlashtirilsa, biz insonlar nima bilan shug‘ullanamiz? Fikrni bir joyga jamlab, o‘ylash lozim: qaysi kasbni boshidan tutsam, ertaga u jamiyatga foyda olib keladi? Bugun tanlagan mutaxassisligim bilan kelajakda ishsiz qolmaymanmi?

Bu borada yoshlarni kasbga yo‘naltirish ishlarining ahamiyati bo‘lak. Xo‘sh, O‘zbekistonda qaysi soha jadallik bilan rivojlanyapti, yaqin kelajakda qanday kadrlarga ehtiyoj ortadi?

Zamonaviy kasblarning ustunliklari

• Birinchidan, butun dunyoda internetning mavjudligi zamonaviy kasb egalarining dunyoning istalgan nuqtasidan turib masofaviy ishlashga imkon beradi. An'anaviy kasb egalari esa faqatgina bir joydan turib ishlash imkoniyatiga ega.

• Ikkinchidan, zamonaviy kasb egalariga an'anaviy kasb egalariga qaraganda 2 barobardan 4 barobargacha ko'p ish haqi to'lanadi.

• Uchinchidan, yangi ishlab chiqarilayotgan texnologiyalar an'anaviy kasb egalarini ishini birin-ketin egallamoqda. Zamonaviy kasb mutahasislariga esa yanada rivojlanish uchun ko'plab imkoniyatlar eshigi mavjud. Bu esa ularning kelajakda ishsizlik xavfidan salqab qolishi mumkin.

Zamonaviy kasblar ro'yhati:

Bugungi kunda O'zbekistonda rivojlanyotgan zamonaviy kasblar ro'yhatiga ushbu sohalar qo'shilib bormoqda:

Bloggerlik — dunyodagi eng yaxshi kasb(mi?)
Bugungi kundagi “blog” tushunchasi inglizcha “web log” — “veb-kundalik” birikmasidan kelib chiqqani ko‘pchilikka ma’lum bo‘lsa kerak. Bu ibora boshida “web log”, keyinroq “weblog” holida qo‘llanilgan bo‘lsa, ko‘p o‘tmay “blog” holiga kelgan.
Demak, blog — bu, onlayn-kundalik. Blogger esa uni yuritadigan odam. O‘z-o‘zidan, bloggerlik degani blog yuritish ekanligi kelib chiqadi.

Raqamli marketing – bu raqamli kanallardan foydalangan holda mijozlarni jalb qilish va doimiy mijozga aylantirishga aytiladi. Raqamli marketing bilan shug'ullanadigan mutahasislariga digital marketolog deb ataladi.
SMM Marketing (Social Media Marketing) - bu ijtimoiy tarmoqlar orqali (Facebook, Instagram, YouTube) kompaniyaning brendini va mahsulotlarini mijozlarga yetqazib beradigan va targ'ib qiladigan marketing turi. SMM marketolog ushbu vazifalarni bajaradigan mutahasis hisoblanadi.

Web Dasturlash yoki kod yozish – bu kompyuterga ba’zi operatsiyalarni qanday bajarishni buyurishdir. Turli xil dastur, ilova, o'yin va saytlarni yaratuvchi mutahasislar dasturchilar deb ataladi.

Video tahrirlash (montaj) - bu kompyuterda videoni tahrirlash dasturlari yordamida videolarga ishlov berishga aytiladi.

Yuqorida keltirib o'tilgan sohalar O'zbekistonda jadal rivojlanyotgan kasblarga ro'yhatiga kiradi.
Imkoniyatlar

Zamonaviy kasblarni egallagan mutahasislar uchun kelajakda katta imkoniyat eshiklar ochilishi tabiiy, bular:

🔸️ Masofaviy va qulay usulda ishlash;
🔸️ Yuqori daromad;
🔸️ Erkin ishchi;

Tez rivojlanyotgan davrda har bir yigit-qiz zamonaviy kasblarni bemalol o'rganishi mumkin.

Buning uchun sizga kerak bo'ladi: harakat, ishtiyoq va Work Academy!

🌐 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va bilim olishni boshlang!

author

Maqola Admin tomonidan yozilgan

Maqola muallifi haqida qisqacha: .

Yuklash txt | fb2

Assalomu Alaykum

Ish vaqti: 09:00 - 21:00

Biz bilan aloqa: +998 (93) 140-00-03

Email pochta manzilingizni yozib obuna bo'ling