Ustoz Blog

Web Programmer, Designer, Blogger, Actor, Singer, Bigo Live Boshlovchi

Bosh sahifaga qaytish

Online ta'lim bu nima ?

​🌐Onlayn ta'lim bu nima?

Onlayn ta'lim – bu dunyoning istalgan joyidan turgan holda internet orqali bilim o’rganish demakdir. Hozirgi kunda dunyoning aksariyat davlatlarida, onlayn ta’lim kundalik turmush tarziga aylanib ulgurgan.

🎯Onlayn ta’limning TOP-4 qulayliklari:

1️⃣ - O’z tezligingizda o’rganing.

Ba'zi o'quvchilar yetkazilayotgan ma’lumotni tezda ilg’ab oladi va yana ba'zi o'quvchilar bor, ular uchun ma’lumotni to’liq tushunish uchun ozgina vaqt kerak. Onlayn ta’limda esa o'quvchi o’z tezligida harakatlanish uchun barcha imkoniyat mavjud.

2️⃣ - Erkinlik.

Hech kim sizni erta tongdan “formang qani?”, “galstuk qani?” va shunga o’xshagan savollar bilan bezovta qilmaydi. Hoxlagan vatingiz uyg’onib, issiqqina kofe damlab, o’zingizga qulay kiyimda o’tirib bilim olishingiz mumkin.

3️⃣ - Arzon.

Onlayn ta’lim an’anaviy ta’limga nisbatan 2 barobardan 4 barobargacha arzon. Onlayn ta'lim faqatgina sizga bilim beribgina emas balkim kundalik yo’l kira harajatlaringizni ham tejab yanada yangi bilimlar olishga imkoniyat yaratuvchi vositadir.

4️⃣ - Sifatli bilim.

Aksariyat hollarda onlayn ta’lim beruvchi o’qituvchilar ham huddi siz kabi erkinlikni yaxshi ko’ruvchi va o’z ishlarining tajribali professionallaridir. Bu esa o’z-o’zidan sizning sifatli ta’lim olishingiz uchun katta imkoniyatdir.

🚩 Fursatdan foydalanib maqola so'ngida sizga savol bermoqchimiz: Siz onlayn ta'limni yana qanday qulayliklarini bilasiz?

👇 Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

author

Maqola Admin tomonidan yozilgan

Maqola muallifi haqida qisqacha: .

Yuklash txt | fb2

Assalomu Alaykum

Ish vaqti: 09:00 - 21:00

Biz bilan aloqa: +998 (93) 140-00-03

Email pochta manzilingizni yozib obuna bo'ling